MAFKURALAR: NAZARIYA VA MOHIYAT
Insoniyat ilmiy tafakkuri rivoji uning hayotini rivojlantirishga qo’shgan hissasini e’tirof etish bilan birga, hatto undan ham oshib tushadigan xavf-xatarlari va tahdidlarini o’zida namoyon etuvchi qorong’u tomonlari haqida ham jiddiy o’ylab ko’rishni, insoniyat taraqqiyotiga ijobiy va salbiy tomonlarini qayta baholashni talab etmoqda.
Ayniqsa, ilmiy kashfiyotlarning g’arazli maqsadlarda, ya’ni dunyoni boshqarish, inson ongi va qalbini egallash, millatlarni va xalqlarni asoratga solish va h.k. borasidagi intilishlar jarayoniga tadbiq etilayotgani bu boradagi tashvishlarda qat’iy asos borligini tasdiqlaydi. Bu holat ko’proq ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasiga taalluqlidir. Mafkurashunoslik (ideologiya) sohasi esa nihoyatda achinarli holatdadir. Avvalo, shuni qayd etish lozimki, bugungi kunda mavjud ba’zi bir mafkuralarning o’ziga xos xususiyatlari ularning ilmiy asoslanganligi, ilmiy doiralarda yaratilganligini isbotlaydi. Ularning yaratuvchilari, undan manfaatdor kuchlar insonlarni
madaniyati va ma’naviyatidan mahrum etib, butun insoniyat ustidan ?ukmronlikni ho’lga kiritish ishtiyoqida tajovuzkor goya va mafkuralar yaratmoqdalar va ulardan vosita sifatida foydalanmoqdalar.
Garchi bunday qarashlarni mil.av VI asrda yashagan mashhur xitoy faylasufi Konfusiy ilgari surgan bo’lsada uning yevropalik izdoshlari bu borada turli xil mukammal nazariya va yondoshuvlarni ishlab chiqqanlar. Masalan, Markiz de Sad hoyalari asosidagi sadizm, Frankfurt maktabi “madaniy inqilob” nazariyotchilari, Antonio Gramshi nazariyalarini keltirish mumkin. Ularni birlashtirib turadigan
umumiylik inson ma’naviyatini g’orat etish, “manqurtlashtirish”, inson irodasini egallab uni boshqarish, o’z manfaatlariga xizmat qiladigan jonli “mexanizm”ga aylantirishga qaratilgan faoliyatdir. O’z navbatida bunday nazariyalar g’arazli siyosiy maqsadlar yo’lida foydalanuvchi kuchlar qo’lida hukmronlik quroliga aylantirilmoqda. Bugungi g’arazli g’oya va mafkuralarning mohiyatini anglab yetish uchun ushbu nazariyalar zamiriga bir nazar tashlash maqsadga muvofiqdir.
Ularni tahlil qilar ekansiz, nima uchun aynan o’z g’oyalarini madaniyat va ma’naviyatga qaratilganligini ham bilib olamiz.
Bu haqda “Madaniy inqilobchilar”ning faoliyati to’g’risida O’zbekistonlik faylasuf olim Bahodir Zokir “G’arb tamadduni: inqiroz alomatlari” maqolasida amerikalik taniqli faylasuf, jurnalist va siyosiy sharqlovchi Patrik Byukenenning “g’arbning halokati” (2002) asaridan uning quyidagi fikrlarini keltiradi: “Frankfurtchilar nazarida, ular rejalashtirgan inqilob sinflar o’rtasidagi antogonizmga tayangan proletar inqilobdan farqli o’laroq bevosita insonga qaratilgan edi. Bunday
qarash jamiyatning iqtisodiy-siyosiy tuzilmalarini emas, birinchi galda, uning madaniyati va qadriyatlarini, inson ongini inqilobiy o’zgartirishni nazarda tutadi”.
Antonio Gramshining nazariyasi ham huddi shu mohiyatga ega. Bu nazariya haqida N. Umarova o’zining “Madaniy vasvasa yohud axlohning globallashuvi” maqolasida quyidagilarni keltiradi: “Gramshining fikricha gegemoniya jamiyatning “madaniy o’zagi”ga tayanadi. Bu o’zak insonning hayot, yaxshilik va yomonlik to’g’risidagi tasavvurlarni, bilim va tajribani, an’ana va ramzlarni o’z ichiga qamrab oladi.
Madaniy o’zak qanchalik barqaror bo’lsa, mavjud tartibni saqlab qolishni ixtiyor etgan jamoaning irodasi ham shu qadar qat’iy bo’ladi. Madaniy o’zakning kuchsizlanishi yoki qo’porilishi esa jamoa irodasining yemirilishiga olib keladi va inqilob uchun zamin yaratadi.
Shu tariqa madaniy gegemoniyagga erishish uchun madaniy o’zakka tajovuz qilinadi.”
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, bunday g’oya va mafkuralarning yaratuvchilari ham, ularni vosita qilib olganlar ham insoniyatga madaniy – ma’naviy terror, ma’naviy qo’poruvchilik orqali katta tahdid solmoqdalar. Tajovuzkor kuchlarning aynan “madaniy o’zak”ka nisbatan tajovuz qilishi chuqur geosiyosiy mohiyatga ega. Chunki, aynan madaniyat qadriyatlar, ijtimoiy ideallar, urf-odatlar,
an’analar, e’tiqod, metalitet, axloq normalari insonning ichki ruhiy-ma’naviy olami in’ikosidir.
Ularda insonning orzu-umidlari, his-tuyg’ulari, kechinmalari, intilishdari, maqsad va muddaolari
mujassamlashagan bo’ldi. Bundan tashqarii ular insonlarning hayot yo’lini ham belgilab beradi. Shu sababli ham insonlarning ichki ruhiy-ma’naviy olamini zabt etish orqali ularning his-tuyg’ulari, kechinmalari, intilishdari, maqsad va muddaolari ustidan nazorat o’rnatish va boshqarish oldindan belgilangan maqsadlarga yo’naltirish, qaramlikka solish, uning mehnatini eksplutasiya qildish mumkin
bo’ldai. Buning uchun yo begona madaniyat yoki bo’lmasa axloqqa zid bo’lgan g’oyalarni inson ongiga, ruhiyatiga yuborib uni zimdan mavq etishadi. Inson miyasi qabul qilayotgan bunday qoyalar, qarashlar ong ostida saqlanib qoladi va kezi kelganda ular “isyon” qilib ?olishi mumkin. Bu holatda, ya’ni insonning ichki ruhiy-ma’naviy olamini, iroda – ixtiyorini egallash orqali insoniyatning har qanday
ijtimoiy birliklari(elat, millat)ni, ijtimoiy institutlari(oila, davlat)ni barbod etish mumkin.
Shu bois “madaniy inqilobchilar” xalqlar va davlatlarni asoratga solish uchun quyidagi tavsiyani beradilar: “Buning uchun hokimiyatni kuch bilan o’zgartirishga urinishning xojati yo’q. Negaki, yangi inqilobchilarning fikricha, davlat – har qanday siyosiy tizimning “tashqi qobig’i”, xolos. Shunday ekan, kishilarning qalbi va ongiga bevosita ta’sir etadigan madaniy va ijtimoiy institutlar (ommaviy axborot vositalari, o’quv va ta’lim maskanlari, san’at va adabiyot kabi sohalar) egallansa bas
“tashqi qobiq” yemirilib, siyosiy tizim o’z-o’zidan parchalanib ketadi”.
Egallangan madaniy va ijtimoiy institutlardan foydalanish haqida N. Umarovaning yuqorida zikr etilgan maqolasida Gramshining bergan “maslahatlari”ga munosabat bildirib quyidagi fikrlarni keltiradi: “Xo’sh, madaniy gegemoniya o’rnatishga, aniqrog’i, madaniy o’zakni kuchsizlantirishga shaylanganlarga Gramshi nima maslahat beradi? Tarixiy xotirani susaytirish, jamiyatdagi birdamlikka putur yetkazish, an’anaviy ijtimoiy institutlarni yemirish, xalqni ma’naviy
ildizlaridan mahrum etish, sog’lom aqlni “o’chirish” kabi usullarni taklif qilgan Gramshining ro’yxatini uning zamonaviy shogirdlari yangi yo’nalishlar – axloqsizlikni targ’ib qilish, insonning eng tuban mayllari, hayvoniy hirslari, nafsni qo’zg’ash hisobiga “boyitdilar”.
Agarda bularni globallashuv sharoitida OAVning, informasion texnologiyalarning, internet tizimining taraqqiy etib ketganligini, informasiya tarqalishi sur’atlari tig’izlashuvi va uni nazorat etib bo’lmasligini ?isobga olsak “madaniy inqilobchilar”ning bergan “tavsiyalari” reallashib dahshatli kuchga aylanayotganligiga insoniyat guvoh bo’lmoqda. Shunday ekan, bunday tajovuzkor g’oya va mafkuralarga qarshi faqatgina ezgulikka, insonparvarlikka, ma’rifatparvarlikka xizmat qiluvchi g’oyalardan foydalanish hamda ushbu yo’nalishda yangi uslub va vositalarni yaratish dolzarb vazifaga, har bir davlatning o’z madaniyatini saqlab qolishi va
rivojlantirishi qayotiy muhim masalaga aylandi. Shu qatori mamlakatimizda bu boradagi ishlar diqqatga sazovardir. Yuksak ma’naviyatli insonlari shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi etib belgilanganligi mamlakatimizda yurt istiqloli va istiqbolini saqlab qolishning yagona va eng samarali yo’li ekanligini yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqqan xulosalar yaqqol isbotlab turibdi hamda bu davr talabi hamdir. Shunday ekan, inson va insoniyat taqdirini halokatga yetaklovchi bunday yovuz g’oyalarga qarshi kurashish har bir sog’lom fikrli insonning, xalqning, qolaversa, dunyo hamjamiyatining tarix oldidagi muqaddas burchidir.
Sanjar ABDURAHMONOV,
Jizzax huquqshunoslk kolleji o’qituvchisi
